Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
Mahalladagi yo‘l harakati xavfsizligi masalasi deputat nazoratiga olindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati J.Xusanov tomonidan "Gʻishtko‘prik" mahalla fuqarolar yig‘inida olib borilgan o‘rganishlar davomida mahalla ko‘chaboshisi Isaqov Xayrulloxon bilan uchrashuv o‘tkazilib, hududdagi yo‘l harakati xavfsizligi bilan bog‘liq dolzarb masalalar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida aniqlanishicha, mahallaning ichki Jayxun ko‘chasidan Turkiston ko‘chasi orqali avtotransport vositalari, jumladan yo‘lovchi avtobuslari muntazam harakatlanib kelmoqda. Mazkur holat ko‘chada yashovchi aholi, ayniqsa bolalar va piyodalar xavfsizligiga jiddiy xavf tug‘dirayotgani hamda fuqarolarning haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgani ta’kidlandi.

Mahalla faollari tomonidan ushbu yo‘nalishda transport oqimini tartibga solish, yo‘l harakati xavfsizligini kuchaytirish va piyodalar uchun yanada qulay hamda xavfsiz sharoit yaratish yuzasidan o‘z taklif va mulohazalari bildirildi.

O‘rganish natijasida Turkiston ko‘chasidagi chorrahada mavjud svetaforga qo‘shimcha yo‘nalish chirog‘ini o‘rnatish zarurligi asoslantirilib, bu orqali transport harakatini tartibga solish va yo‘l-transport hodisalarining oldini olish mumkinligi qayd etildi.

Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olinib, tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda loyiha asosida zarur ishlarni tashkil etish hamda muammoni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 6