Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
Deputat saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazib, mahalladagi muammolarni o‘rgandi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati J.Xusanov tomonidan o‘z saylov okrugi hududiga qarashli "G‘ishtko‘prik" mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi saylovchilar bilan uchrashuv hamda hududdagi mavjud holatni o‘rganish ishlari olib borildi.

Uchrashuv va o‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov hamda Kengash kotibiyatining bosh mutaxassisi X.Abdullayev ishtirok etib, tadbirni tashkil etish va o‘tkazishda ko‘maklashdi.

O‘rganish davomida mahalla fuqarolar yig‘ini raisining faoliyati, aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi, fuqarolarni qiynayotgan ijtimoiy muammolarni bartaraf etish, hududda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari hamda mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yo‘nalishida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, mahallada "mahalla yettiligi" hamkorligida olib borilayotgan ishlar, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, hudud infratuzilmasini yanada yaxshilash masalalari yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni amaliy hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni ko‘rish, mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2