Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati O'.Maxmudov tomonidan yuborilgan deputatlik so‘rovi yuzasidan Qo‘qon shahar Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.

Rasmiy javobda qayd etilishicha, 2026-yil 22-iyuldagi 83-ds-295-26-sonli deputat so‘rovi asosida "Ganjiravon" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida qarovsiz hayvonlar ko‘paygani yuzasidan murojaat joyiga chiqib o‘rganilgan.

O‘rganish natijasida Qo‘qon shahar Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rilib, mahalla fuqarolar yig‘ini raislari ishtirokida qarovsiz itlarni ushlash ishlari amalga oshirilgani hamda bu haqda dalolatnoma rasmiylashtirilgani ma’lum qilingan.

Shuningdek, boshqarma tomonidan shahar mahallalarida qarovsiz hayvonlarni ushlash ishlari tasdiqlangan reja-grafik asosida muntazam ravishda davom ettirilayotgani, fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar navbatma-navbat ko‘rib chiqilib, zarur amaliy choralar ko‘rilayotgani ta’kidlangan.

Shunday qilib, deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masala yuzasidan amaliy choralar ko‘rilgani hamda murojaat ijobiy hal etilgani rasmiy javob orqali tasdiqlandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi