Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
HUDUDDA "MAHALLA YETTILIGI" FAOLIYATI O‘RGANILMOQDA

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati B.Ergasheva tomonidan hududlarda "Mahalla yettiligi" faoliyati samaradorligini o‘rganish maqsadida navbatdagi monitoring ishlari amalga oshirildi.

O‘rganishlar davomida mahalla fuqarolar yig‘ini raisining hududni kompleks rivojlantirish, aholi murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish borasidagi faoliyati tahlil qilindi.

Shuningdek, ijtimoiy xodimning kam ta'minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, nogironligi bo‘lgan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan olib borayotgan ishlari, ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlar va manzilli yordamlarning holati o‘rganildi.

Mahalla huquq-tartibot maskani profilaktika inspektorining hududdagi kriminogen vaziyatni barqaror saqlash, huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish, fuqarolar xavfsizligini ta'minlash hamda aholi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasidagi faoliyatiga ham alohida e'tibor qaratildi.

Monitoring yakunida aniqlangan holatlar yuzasidan mas'ullar bilan fikr almashilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, xizmatlar sifatini oshirish hamda "Mahalla yettiligi" faoliyatini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3