Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
#19_1_modda


✅Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi N. Baxriyev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. G‘afforov tomonidan Nurafshon mahallasidagi 4-son umumta’lim maktabi uchun qurilayotgan 210 o‘rinli yangi binoda olib borilayotgan qurilish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
✅O‘rganish davomida qurilishning birinchi qavati to‘liq yakunlangani, ayni paytda ikkinchi qavat devorlarini g‘isht terish ishlari jadal sur’atlarda davom etayotgani aniqlandi. Qurilish jarayonida ishlarning belgilangan jadval asosida olib borilayotgani, mavjud holatda qurilish ishlariga to‘sqinlik qiluvchi muammolar mavjud emasligi qayd etildi.
✅Mazkur o‘rganish "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida"gi Qonunning 19¹-moddasi talablariga muvofiq, davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan qurilish ishlarining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash hamda mahalliy budjet mablag‘larining maqsadli va samarali sarflanishi ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish maqsadida tashkil etildi.

Slide 1 of 2