Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
Kengash_faoliyati

#haftalik_ish_reja_ijrosi
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
#162_qonun
#kotibiyat_mudiri_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati

🗣“Obod yurt” mahallasida mahalla vakillari faoliyati tahlil qilindi

⏺Mahallalarda aholining muammolarini o‘rganish, ularni manzilli hal etish, ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni joyida ko‘rib chiqish hamda mahalla faoliyatining samaradorligini oshirishda deputatlik nazoratining o‘rni muhim ahamiyat kasb etadi.

💬Shu maqsadda Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi mudiri A.Pardayev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov “Obod yurt” mahallasida bo‘lib, mahalla vakillarining faoliyati bilan yaqindan tanishib, ularning ish samaradorligini tahlil qildilar.

Mahallalarda aholining muammolarini o‘rganish, ularni manzilli hal etish, ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni joyida ko‘rib chiqish hamda mahalla faoliyatining samaradorligini oshirishda deputatlik nazoratining o‘rni muhim ahamiyat kasb etadi.

Mazkur nazorat-tahlil jarayoni Mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari asosida tashkil etildi. O‘rganish davomida mazkur yo‘nalishlarda mahalla vakillari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning holati, aholining murojaatlari bilan ishlash, mavjud ijtimoiy muammolarni aniqlash va ularning yechimini ta’minlash borasidagi faoliyatga e’tibor qaratildi.

Tahlil jarayonida shuningdek, 162 ta qonun hujjati asosida tuzilgan savolnomalar orqali mahalla vakillarining amaldagi qonunchilik va belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash borasidagi faoliyati o‘rganildi.

Jumladan, aholining ijtimoiy himoyasi, bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, hududni obodonlashtirish, jamoatchilik bilan muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash kabi yo‘nalishlardagi amaliy ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, mahallada aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida tegishli tashkilotlarga yetkazish, ularning ijrosini nazorat qilish va fuqarolarga natijador yechimni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, mahalla vakillarining faoliyatini yanada takomillashtirish hamda belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha ishlarni tizimli tashkil etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Deputatlik nazorati — mahalladagi mavjud muammolarni joyida aniqlash, qonunchilik ijrosini ta’minlash va aholi manfaatlarini himoya qilishning muhim

Slide 1 of 2