35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Achilov To‘rttol mahallasi Nigoh ko‘chasi 6-uyda istiqomat qiluvchi namunali xonadon egasi Raxmonov Zohidjon xonadonida bo‘ldi.

 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Achilov To‘rttol mahallasi Nigoh ko‘chasi 6-uyda istiqomat qiluvchi namunali xonadon egasi Raxmonov Zohidjon xonadonida bo‘ldi. Tashrif davomida xonadonda yaratilgan obod muhit, ozodalik va sarishtalik, tomorqadan unumli foydalanish hamda hovlida parvarish qilinayotgan gullar va xushbo‘y rayhonlar alohida e’tirof etildi. Xonadonning har bir burchagida tartib-intizom, mehnatsevarlik va oila a’zolarining obod turmushga bo‘lgan intilishi yaqqol namoyon bo‘lib turibdi. Ayniqsa, hovlini bezab turgan rayhonlar, manzarali ko‘chatlar va ozoda muhit xonadonga o‘ziga xos fayz
va ko‘rk bag‘ishlagan. Bu kabi namunali xonadonlar mahallada obodlik madaniyatini yuksaltirish, aholi o‘rtasida pokizalik va ekologik madaniyatni targ‘ib etishda muhim ahamiyatga ega.
Deputat U. Achilov xonadon egalarining mehnatsevarligi va obodonchilikka bo‘lgan mas’uliyatli munosabatini yuqori baholab, bunday ibratli oilalar boshqalar uchun ham yaxshi namuna bo‘lishini ta’kidladi. Yurtimizda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida har bir xonadonning munosib hissasi bor. Obod va ozoda xonadonlar esa mahalla ko‘rki, yurt fayzi va ahillik ramzi hisoblanadi. 

Slide 1 of 4