35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
Mahalladagi hamkorlik va muloqot samaradorligi o‘rganildi

Mahalladagi hamkorlik va muloqot samaradorligi o‘rganildi
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi raisi M. Tangriberganov hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi S. Matyaqubova Sherobod mahallasida bo‘lib, mahalla "yettiligi" faoliyati, fuqarolar bilan olib borilayotgan hamkorlik va o‘zaro munosabatlar holatini joyiga chiqib o‘rgandilar.
O‘rganish jarayonida mahalla tizimida aholi murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy muammolarni aniqlash va ularni o‘z vaqtida bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, fuqarolar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, mahalla "yettiligi"ning mas’uliyatini yanada oshirish hamda davlat organlari va jamoatchilik o‘rtasidagi samarali hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan tegishli tavsiya va vazifalar belgilab olindi.
Ta’kidlanganidek, mahalla tizimida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, aholi bilan doimiy muloqot olib borish va ularning muammo hamda takliflariga o‘z vaqtida munosabat bildirish hududlarni barqaror rivojlantirish va xalq manfaatlarini ta’minlashning muhim omillaridan biridir.