35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI MANZILLI O‘RGANILDI

 HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI MANZILLI O‘RGANILDI 

  Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati M.Rahimov hamda tuman
Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M.To‘xtasinov tomonidan Turk mahalla
fuqarolar yig‘inida hokim yordamchisining faoliyati manzilli o‘rganildi.
 

O‘rganish davomida mahallada aholini tadbirkorlikka jalb etish, yangi ish
o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni
qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, bu boradagi
mavjud imkoniyatlar va amaliy natijalar muhokama etildi.
 

Shuningdek, deputat hokim yordamchisi ko‘magida tadbirkor tomonidan tashkil
etilgan mahallada meva-sabzavot mahsulotlarini saqlashga ixtisoslashgan
zamonaviy sovutkich ombori faoliyati bilan tanishdi. Tadbirkor bilan suhbat chog‘ida
omborning saqlash quvvatidan samarali foydalanish, xizmat ko‘rsatish hajmini
kengaytirish hamda qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish orqali mahalla aholisi
bandligini oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
 

O‘rganish yakunida hokim yordamchisi faoliyati samaradorligini yanada oshirish,
tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish va
aholi daromadlarini ko‘paytirishga qaratilgan tegishli taklif va tavsiyalar
berildi.
 

O‘rganish davomida aniqlangan muammo va kamchiliklar “Deputatning ko‘cha aylanish daftari”ga
kiritilib, ularning bartaraf etilishi deputatlik nazoratiga olindi.
  

Slide 1 of 5