35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
YOLG‘IZ KEKSALAR VA NOGIRONLIGI BO‘LGAN FUQAROLAR HOLIDAN XABAR OLINDI

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashining 15 — Naqqoshlik saylov okrugidan deputati Nazirov Madaminjon Ma’rufjon o‘g‘li Naqqoshlik mahallasida istiqomat qiluvchi yolg‘iz keksalar hamda nogironligi bo‘lgan fuqarolarning holidan xabar oldi.

O‘rganish davomida fuqarolarning yashash sharoitlari, kundalik ehtiyojlari, ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar va mavjud muammolariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, ularning murojaat va takliflari tinglanib, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga oid masalalar o‘rganildi.

Deputat tomonidan aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, zarur hollarda amaliy ko‘mak ko‘rsatish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning holidan muntazam xabar olib borish muhimligi ta’kidlandi.

Bunday o‘rganishlardan asosiy maqsad — yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan fuqarolarning ehtiyojlarini yaqindan o‘rganish, ularni qiynayotgan masalalarga o‘z vaqtida e’tibor qaratish hamda zarur yordam choralarini belgilashdan iborat.

Slide 1 of 5