35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

19¹-modda

🏗 Hududdagi bunyodkorlik ishlari o‘rganildi

📍 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 16-Katta hayot–Do‘stlik saylov okrugi deputati T. Mirzayev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov tomonidan Mehrabod mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi PQ–141-son “Islom taraqqiyot banki ishtirokida “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

🔹 O‘rganish jarayonida hududda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, infratuzilmani rivojlantirish hamda aholi uchun yaratilayotgan sharoitlar holati ko‘zdan kechirildi.

🏫 Shuningdek, “Mehrabod” mahallasi hududida qurilayotgan 330 o‘rinli yangi umumta’lim maktabi qurilish jarayoni bilan tanishilib, obyektning belgilangan talablar asosida barpo etilishi, ishlarning borishi va sifat ko‘rsatkichlari yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

📝 O‘rganish yakunida amalga oshirilayotgan ishlarni sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash, mavjud masalalarni o‘z vaqtida hal etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

🤝 Deputatlik nazorati — hududlarni rivojlantirish va aholi manfaatlarini ta’minlashning muhim omilidir.

Slide 1 of 4