35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
Xalq manfaatlari – ustuvor vazifa

Xalq manfaatlari – ustuvor vazifa

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi raisi M. Tangriberganov Yovg‘ir mahallasida bo‘lib, hududni ko‘chama-ko‘cha aylanib, mavjud muammolarni joyiga chiqib o‘rgandi.
O‘rganishlar davomida mahalla aholisi bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazilib, fuqarolarni qiynayotgan ijtimoiy, infratuzilmaviy hamda kommunal yo‘nalishdagi masalalar tinglandi. Har bir murojaat atroflicha ko‘rib chiqilib, ularni qonuniy va o‘z vaqtida hal etish yuzasidan mas’ul idora va tashkilotlar rahbarlariga aniq vazifalar hamda tegishli topshiriqlar berildi.
Ta’kidlanganidek, joylarda muammolarni bevosita o‘rganish, aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish va har bir murojaatga amaliy yechim topish xalq ishonchini mustahkamlash, hududlarni kompleks rivojlantirish hamda inson manfaatlarini ta’minlash yo‘lidagi ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.
Bu kabi o‘rganishlar davom ettirilib, fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan har bir masala doimiy nazorat ostida bo‘ladi.

Slide 1 of 1