35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
Deputat  Do‘stlik festivalida ishtirok etdi.

Festivalda so‘zga chiqqan deputat va faollar  mamlakatimizda turli millat va elat vakillari tinchlik, hamjihatlik va o‘zaro hurmat muhitida istiqomat qilayotgani, do‘stlik esa insoniyatni birlashtiruvchi eng oliy qadriyatlardan biri ekanini alohida ta’kidladilar.
Tadbir davomida O‘zbekistonda millatlararo totuvlikni mustahkamlash, yurtdoshlarimiz ongida ko‘p millatli yagona oila tuyg‘usini qaror toptirish, milliy madaniy markazlar hamda do‘stlik jamiyatlari faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar e’tirof etildi.
Shuningdek, do‘stlik va bag‘rikenglik xalqimizning azaliy qadriyatlari ekani, bu fazilatlarni asrab-avaylash hamda yosh avlod qalbida vatanparvarlik, o‘zaro hurmat va birdamlik tuyg‘ularini mustahkamlash bugungi kunning muhim vazifalaridan biri ekani qayd etildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarga millatlararo totuvlik va hamjihatlikni yanada mustahkamlash yo‘lida ezgu tilaklar bildirildi hamda madaniy chiqishlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Slide 1 of 4