35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🏛 Sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi

📌 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining navbatdagi 25-sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi O. Tursunov mahallalarda faoliyat yuritayotgan profilaktika inspektorlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida Sherobod tumanida 2026-yilning birinchi yarim yilligida huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning profilaktikasi samaradorligini oshirish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, mahallalardagi kriminogen vaziyatni barqaror saqlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni kamaytirish, fuqarolar bilan manzilli ishlash hamda profilaktik tadbirlar samaradorligini yanada oshirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida profilaktika inspektorlariga mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish, davlat organlari hamda jamoatchilik bilan hamkorlikni kuchaytirish, mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va vazifalar belgilab berildi.

🤝 Xavfsiz mahalla — tinch va farovon hayot garovi!

Slide 1 of 4