35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
2027-YIL DASTURLARIGA DEPUTAT TAKLIFLARI ILGARI SURILMOQDA

2027-YIL DASTURLARIGA DEPUTAT TAKLIFLARI ILGARI SURILMOQDA

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputatlari tomonidan 2027-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan hududiy rivojlantirish dasturlariga aholi murojaatlari va hududlardagi dolzarb ehtiyojlardan kelib chiqib takliflar kiritilmoqda.

🗣 14-Sharq Yulduzi saylov okrugi deputati Dusmuratov Nodir Nuriddinovich tomonidan quyidagi ustuvor takliflarni berdi:

🔹 Nov Chandir mahallasida aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida yangi ichimlik suvi inshootini qurish va mazkur loyihani 2027-yil dasturiga kiritish. Hozirgi vaqtda mahallada birorta ham ichimlik suvi inshooti mavjud emas.

🔹 Parcha Chandir mahallasida joylashgan 29-son umumta’lim maktabi binosini kapital ta’mirlash.

🔹 Mangitobod mahallasi hamda Temirxo‘ja mahallasini bog‘lovchi yirik suv arig‘ining 10 kilometr qismini betonlashtirish.

🔹 Parcha Qora mahallasidagi Oq uylar hududining 250 metr ichki yo‘lini asfaltlashtirish.