35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Miryunusov Alisher Xabibiullayevich tomonidan Chilonzor mahallasi hududida aholi murojaatlari asosida o‘rganilgan yo‘l infratuzilmasi bilan bog‘liq muammoni bartaraf etish yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotga deputat so‘rovi yuborildi.

Hududda olib borilgan o‘rganishlar davomida kanalizatsiya tarmog‘ida amalga oshirilgan ta’mirlash ishlaridan so‘ng ko‘chaning ayrim qismlarida yo‘l qoplamasi shikastlangani, o‘pirilish va notekisliklar yuzaga kelgani, shuningdek, ta’mirlash ishlari yakunlanganidan keyin yo‘l qoplamasi lozim darajada tiklanib, asfaltlash ishlari amalga oshirilmagani aniqlandi.

Mazkur holat hudud aholisining kundalik harakatlanishiga noqulaylik tug‘dirayotgani, piyodalar hamda transport vositalarining xavfsiz va erkin harakatlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani inobatga olinib, muammoni tezkor va amaliy hal etish zarurligi qayd etildi.

Shu munosabat bilan deputat tomonidan yo‘lning shikastlangan qismlarini tegishli tartibda o‘rganish, kanalizatsiya ta’miri natijasida buzilgan yo‘l qoplamasini sifatli tiklash, zarur hududlarda asfaltlash ishlarini amalga oshirish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishini so‘rab deputat so‘rovi yuborildi.

Shuningdek, mutasaddi tashkilotdan muammoni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar, ularning bajarilish muddatlari hamda ko‘rilgan choralar natijalari yuzasidan belgilangan tartibda ma’lumot taqdim etish so‘raldi.

Slide 1 of 2