35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
Mahallada tashkil etilayotgan mikroloyiha faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Mavlonqulov tomonidan Achchiqko‘l mahallasida hokim yordamchisi faoliyatini o‘rganish jarayonida hududda amalga oshirilayotgan tekstil yo‘nalishidagi mikroloyiha bilan yaqindan tanishildi.

O‘rganish davomida mikroloyihaning qurilish ishlari ko‘zdan kechirilib, obyektni foydalanishga topshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Mas’ullar tomonidan ma’lum qilinishicha, qurilish-montaj ishlari deyarli yakuniga yetkazilgan bo‘lib, ishlab chiqarish faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun so‘nggi tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Mazkur mikroloyiha ishga tushirilishi natijasida mahalla aholisini, ayniqsa xotin-qizlar va yoshlarni doimiy ish o‘rinlari bilan ta’minlash, ularning bandligini oshirish hamda oilalar daromadini ko‘paytirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Deputat tomonidan loyiha ishga tushirilishini jadallashtirish, ishlab chiqarish jarayonini belgilangan muddatlarda yo‘lga qo‘yish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish masalalari yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2