35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
Ijtimoiy reyestrdagi oila holati joyiga chiqib o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Mavlonqulov tomonidan Achchiqko‘l saylov okrugi tarkibidagi Achchiqko‘l mahallasida mahalla raisi hamda ijtimoiy xodim bilan birgalikda navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida Oq yo‘l ko‘chasi 31-uyda istiqomat qiluvchi, ijtimoiy reyestrda turuvchi fuqaro Z.Jo‘rayevaning oilaviy holati, yashash sharoiti hamda mavjud ehtiyojlari joyiga chiqqan holda atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning may oyida deputat tomonidan mazkur oila ahvoli o‘rganilib, ularning uy-joyini ta’mirlash masalasi bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan amaliy ishlar olib borilgan edi. Mazkur sa’y-harakatlar natijasida oila uyining tom qismini ta’mirlash uchun zarur qurilish ashyolari ajratildi.

O‘rganish davomida fuqaroning yashash sharoitini yanada yaxshilash, ta’mirlash ishlarini belgilangan tartibda davom ettirish hamda ehtiyojmand oilaga amaliy yordam ko‘rsatish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 6