35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
Deputat fuqarolar qabulini o‘tkazdi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat A.Mannobov tumanning “G‘azalkent” mahallasida fuqarolar qabulini o‘tkazdi. Qabul davomida aholini qiynab kelayotgan ijtimoiy-iqtisodiy masalalar yuzasidan murojaatlar tinglanib, ularni qonuniy hal etish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi.

Qabulda asosiy e’tibor aholi bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga moddiy va amaliy ko‘mak ko‘rsatish, ijtimoiy nafaqa va yordamlarni rasmiylashtirish, ehtiyojmand fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan murojaatlar bildirildi.

Qabul davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularga huquqiy tushuntirishlar berildi. Aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning muammolariga yechim topish hamda ijtimoiy himoyasini kuchaytirish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 2