35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Imamov Sanjarali Tolkinovich tomonidan “Beshqo‘rg‘on” MFY hududidagi ayrim ichki ko‘chalarning holatini yaxshilash hamda ularga asfalt qoplamasi yotqizish masalasi yuzasidan tegishli tashkilotga deputat so‘rovi yuborildi.

Mazkur deputat so‘roviga “Beshqo‘rg‘on” mahallasi fuqarolaridan kelib tushgan murojaatlar asos bo‘ldi. Murojaatlarda mahalla hududida jami 27 ta ko‘cha mavjudligi, ularning asosiy qismi ta’mirlangan bo‘lsa-da, 1-tor Karvonsaroy, 4-tor Karvonsaroy, 4-tor Beshqo‘rg‘on hamda 2-berk Beshqo‘rg‘on ko‘chalari ta’mirlanmay qolganligi qayd etilgan.

Hozirgi kunda mazkur ko‘chalardagi yo‘l qoplamasining talab darajasiga javob bermasligi fuqarolar va transport vositalarining harakatlanishida noqulayliklarni yuzaga keltirmoqda. Shuningdek, ushbu masala bo‘yicha mahalla aholisidan og‘zaki va yozma murojaatlarning muntazam kelib tushayotgani muammoni o‘rganish va tegishli choralar ko‘rish zarurligini ko‘rsatmoqda.


Deputat so‘rovida “Beshqo‘rg‘on” MFY hududidagi 1-tor Karvonsaroy, 4-tor Karvonsaroy, 4-tor Beshqo‘rg‘on hamda 2-berk Beshqo‘rg‘on ko‘chalarining mavjud holatini joyiga chiqqan holda o‘rganish hamda ularga asfalt qoplamasi yotqizish bo‘yicha zarur amaliy choralarni ko‘rish so‘ralgan.


Mazkur masalaning ijobiy hal etilishi mahalla yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, aholining turmush sifatini oshirish hamda fuqarolar uchun xavfsiz va qulay harakatlanish sharoitlarini yaratishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2