35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
#huquqiy_axborot_soati 🗣“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Qonun

Qonunga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasining harbiy xizmatga yaroqli erkak fuqarolari belgilangan yoshda muddatli harbiy xizmatga yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga jalb etiladi. Shuningdek, fuqarolar kontrakt asosida harbiy xizmatni ixtiyoriy ravishda tanlash huquqiga ham ega.

💬Qonunda harbiy xizmatning asosiy turlari – muddatli harbiy xizmat, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat, kontrakt boʻyicha harbiy xizmat hamda rezervchilar xizmati aniq belgilangan. Harbiy xizmatga birinchi marta kirayotgan fuqarolar Davlat bayrogʻi oldida Vatanga qasamyod qabul qiladilar.

💬Mazkur hujjatda fuqarolarni harbiy xizmatga tayyorlash, chaqiruv tartibi, tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, xizmatni kechiktirish yoki undan ozod etish asoslari, harbiy xizmatni oʻtash va undan boʻshatish tartiblari batafsil tartibga solingan. Shu bilan birga, harbiy xizmatni oʻtayotgan fuqarolarning huquqlari, ijtimoiy kafolatlari hamda mehnat faoliyati bilan bogʻliq imtiyozlari ham qonun bilan himoya qilinadi.

💬Qonunning asosiy maqsadi – Vatan himoyasini taʼminlash, fuqarolarda yuksak vatanparvarlik tuygʻusini shakllantirish, Qurolli Kuchlarning jangovar salohiyatini mustahkamlash hamda mamlakatning xavfsizligi va hududiy yaxlitligini ishonchli himoya qilishdan iborat.

🫥Mazkur qonun har bir fuqaroning Vatan oldidagi burchi va masʼuliyatini belgilovchi muhim huquqiy hujjat bo‘lib, yurt tinchligi, xavfsizligi va mudofaa salohiyatini mustahkamlashda alohida ahamiyat kasb etadi.