35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
Maktabgacha ta’lim muassasasidagi rekonstruksiya ishlari deputatlik nazoratida

 Maktabgacha ta’lim muassasasidagi rekonstruksiya ishlari deputatlik nazoratida

📍Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Umida Fayziyeva tomonidan Olmazor tumanidagi 441-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida amalga oshirilayotgan rekonstruksiya ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

🔖 O‘rganish davomida qurilish-montaj ishlarining borishi, loyiha ijrosi, bajarilayotgan ishlar sifati hamda belgilangan muddatlarga rioya etilishi yuzasidan mas’ul mutaxassislarning axboroti tinglandi. Loyiha yakunlangach, qo‘shimcha 780 nafar bolani maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish imkoniyati yaratilishi, shuningdek, yangi ish o‘rinlari tashkil etilishi rejalashtirilgan.

📝 Mazkur o‘rganish "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida"gi Qonun, "Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida"gi Qonunida belgilangan deputatlik nazorati vakolatlari doirasida amalga oshirildi.

📎 Deputat tomonidan rekonstruksiya ishlarini belgilangan muddatlarda sifatli yakunlash, ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanish hamda bolalar uchun zamonaviy, xavfsiz va qulay ta’lim muhitini yaratish masalalari yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 8