35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
Kotib

Mamlakatimizda ko‘p kvartirali uylarni boshqarish, aholiga o‘z vaqtida va sifatli xizmatlar ko‘rsatilishini ta’minlash bo‘yicha bir qator qonunlar qabul qilinib, ular ijrosini ta’minlash maqsadida mutasaddi vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi kotibiyati mudiri, “Adolat” SDP a’zosi Shoanvar Shomaxmudov “BO‘Z” mahallasidagi “Toshkent-Santexkommuxizmat”  boshqaruv servis kompaniyasining faoliyati va yaratilgan moddiy-texnika bazasi bilan bevosita tanishib chiqdi.

Xususan, boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan ko‘p qavatli uylarda yashovchi fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, xizmatlar sifatini oshirish va sohadagi muammolarni bartaraf etish maqsadida, tegishli idoralar tomonidan olib borilayotgan ishlar va moddiy-texnika bazasini ko‘rib chiqdi.

Shuningdek, ko‘p kvartirali uylarni boshqarish, xizmat ko‘rsatish sohasida yechimini kutayotgan masalalar mavjudligi qayd etilib, ko‘p qavatli uylarda yashovchi fuqarolarga sifatli xizmat ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha zarur taklif va tavsiyalar berildi.

O‘rganish davomida boshqaruv servis kompaniyasi rahbari N.Babayarov ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish, aholi uchun har tomonlama qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha barcha zarur choralar ko‘rilayotganligini ma’lum qildi.

Tashrif yakunda muhokama qilingan masalalar yuzasidan kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olinib, tegishli tavsiyalar berildi.

Ushbu o‘rganish tadbirlarida Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Jamoliddin Kuchkarov ham ishtirok etdi.

Slide 1 of 5