35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
ISSIQ SUV TA’MINOTI MASALASI YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Xidiyatulina Rima Rashitovna tomonidan fuqaro murojaatida ko‘tarilgan issiq suv ta’minoti bilan bog‘liq muammoni o‘rganish va bartaraf etish choralarini ko‘rish yuzasidan tegishli mas’ul tashkilotga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Mazkur deputatlik so‘roviga 1-Qatortol ko‘chasi, 37-uy, 12-xonadonda istiqomat qiluvchi fuqaro X. Qosimovning murojaati asos bo‘ldi.

Murojaatda ma’lum qilinishicha, mazkur xonadon bo‘yicha issiq suv ta’minoti xizmatidan qarzdorlik mavjud emasligiga qaramay, qariyb bir yil davomida issiq suv ta’minoti yo‘lga qo‘yilmagan.

Shu munosabat bilan deputatlik so‘rovida mazkur holatni atroflicha o‘rganish, issiq suv ta’minotidagi uzoq muddatli uzilish sabablarini aniqlash, mavjud muammoni bartaraf etish hamda xonadonning barqaror issiq suv bilan ta’minlanishini tiklash bo‘yicha zarur amaliy choralarni ko‘rish masalasi qo‘yildi.

Shuningdek, o‘rganish natijalari, aniqlangan holatlar hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan belgilangan tartibda ma’lumot taqdim etish so‘raldi.

Slide 1 of 2