35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
Fuqarolar murojaati deputat nazoratiga olindi

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati A.Avazov tomonidan Mingchinor mahallasida fuqarolar bilan o‘tkazilgan uchrashuv davomida hududdagi 5-sonli va 16-sonli umumta’lim maktablari hamda 9-sonli DMTTni bog‘lovchi "Kamoliddin Behzod", "Oltin zamin" va "Alpomish" ko‘chalari bo‘ylab piyodalar yo‘lagi mavjud emasligi yuzasidan murojaat bildirildi.

Ta’kidlanganidek, piyodalar yo‘lagi yo‘qligi sababli o‘quvchilar, tarbiyalanuvchilar, ota-onalar va boshqa fuqarolar avtomobil qatnov qismida harakatlanishga majbur bo‘layotgani yo‘l-transport hodisalari xavfini oshirmoqda.

Mazkur murojaat deputatning "Yon daftari"ga kiritilib, piyodalar yo‘lagi (trotuar) qurish hamda zarur yo‘l harakati xavfsizligi belgilarini o‘rnatish masalasini hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi kiritish bo‘yicha amaliy ishlar boshlab yuborildi.

Slide 1 of 4