35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
HURMATLI TUMANIMIZ AHOLISI!

Ayni paytda “Tashabbusli budjet” (Open budjet) jarayonida loyihalarni kiritish bosqichi davom etmoqda. Ushbu loyiha orqali ko‘plab mahallalar obod bo‘lib, yo‘llar va maktablar ta’mirlanmoqda. Biroq bu jarayonda g‘olib bo‘lish oson emas.

Shu sababli mahalla aholisining e’tibori “Sheriklik” loyihalariga qaratilmoqda. Joriy yildan boshlab, agar loyiha qiymatining yarmini aholi yig‘sa, qolgan qismi davlat tomonidan moliyalashtiriladi. Bunday loyiha ovoz to‘plash jarayonida ishtirok etmasdan g‘olib deb topiladi.

💵Bu imkoniyat mahalladagi qiymati 50–100 million so‘m bo‘lgan kichikroq loyihalarni amalga oshirish uchun juda qulay.

✅Masalan:

🗺 Piyodalar yo‘lakchasini qurish;
💡 Ko‘chalarga yoritish chiroqlari o‘rnatish;
🚰 Ichimlik suvi tarmog‘ini tortish;
⚡️ Transformatorni almashtirish;
🔌 Elektr ustunlarini o‘rnatish.

➡️Bunday loyihalarni minglab ovoz to‘plamasdan ham amalga oshirish mumkin. Shu imkoniyatdan foydalanib, mahalla fuqarolari o‘zaro maslahatlashgan holda ko‘cha va mahalladagi yirik bo‘lmagan, ammo dolzarb loyihalarni amalga oshirishlari mumkin.

🗓Loyihalarni kiritishning oxirgi muddati — 3-avgust. Imkoniyatni qo‘ldan boy bermay, mahalla ravnaqi uchun birlashish lozim! Loyiha kiritish tartibi bilan ushbu qo‘llanma orqali tanishish mumkin.