35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
Deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati X.Abdullayev tomonidan Qo‘qon shahar hokimining qurilish, to‘siqsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Mazkur deputatlik so‘rovida “Mingtut” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida tashkil etilishi belgilangan “Yashil jamoat parki” loyihasi ijrosi yuzasidan masalalar ko‘tarildi. Xususan, Qo‘qon shahar Kengashining tegishli qaroriga qaramasdan parkning hanuzgacha tashkil etilmaganligi sabablari hamda uni barpo etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

Deputatlik so‘rovi O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida yuborilgan bo‘lib, unda hududni obodonlashtirish, ekologik barqarorlikni ta’minlash va jamoat manfaatlarini himoya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

Mazkur masala deputat nazoratiga olingan bo‘lib, uning ijrosi hamda mas’ul tashkilotlar tomonidan ko‘rilayotgan choralar yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar berib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2