35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
янв.21
“Аёллар дафтари” доирасида амалга оширилаётган ишлар таҳлил қилинди
Deputat tomonidan “Yakkatol” MFYda “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorlikdagi faoliyat o‘rganildi

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi kotibiyati mudiri D.Sherboyev va Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Shoymardanov tomonidan 6-Duoba saylov okrugi hududida joylashgan “Yakkatol” MFYda tuman Kengashi deputatining “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi” bo‘yicha tavsiyalarda belgilangan vazifalar ijrosi hamda “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorlik faoliyati o‘rganildi.

Shuningdek, o‘rganish davomida xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masalalar yuzasidan amaliy o‘rganish ishlari ham olib borildi.

O‘rganish jarayonida Oliy Majlis Senati tomonidan tavsiya qilingan “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi” doirasida deputatning fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, aholi muammolarini xonadonbay o‘rganish hamda ularning yechimini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, deputatlik nazoratini kuchaytirish va “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikni yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 1