35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
янв.21
“Аёллар дафтари” доирасида амалга оширилаётган ишлар таҳлил қилинди
MAHALLALARDA AHOLI VA BOLALAR UCHUN SPORT INSHOOTLARI: NOVDAKDA YANGI SPORT MAYDONI BARPO ETILADI!

Mahallalarda aholi, ayniqsa, yoshlar uchun sport infratuzilmasini rivojlantirish borasidagi ishlar izchil davom etmoqda.Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 21-“Nevich” saylov okrugidan saylangan deputat Yoqubova Xusnora Abduxamidovna hamda Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Nizomitdinov Muhsiddin Muhiddin o‘g‘li Novdak MFYda “Tashabbusli budjet” loyihasining 1-mavsumi doirasida g‘olib
bo‘lgan loyiha asosida barpo etiladigan zamonaviy sport maydoni hududini ko‘zdan kechirdi.Mahalla tashabbuskori X.Ziyodxonov hamda faol fuqarolarning sa’y-harakatlari natijasida loyiha g‘oliblikni qo‘lga kiritib, 1,6 milliard so‘m mablag‘ jalb etildi.O‘rganish davomida qurilish ishlarining belgilangan me’yorlar asosida sifatli amalga oshirilishi, jarayonlarning deputatlik va jamoatchilik nazoratida olib borilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Yangi zamonaviy sport maydoni mahalla yoshlari uchun munosib sharoit yaratib, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3