35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
янв.21
“Аёллар дафтари” доирасида амалга оширилаётган ишлар таҳлил қилинди
Ijtimoiy xodim faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati, 7-"Qipchoqariq" saylov okrugidan saylangan Sh.Nazarova tomonidan o‘zi saylangan hududdagi “Vaqf Chorsu” mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodim N.Baxriddinovaning faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida ijtimoiy xodim tomonidan ehtiyojmand fuqarolarni aniqlash, ularning ijtimoiy muammolarini o‘rganish, murojaatlari bilan ishlash hamda ijtimoiy xizmatlarni manzilli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Jumladan, “Vaqf Chorsu” MFY, Jasorat ko‘chasi 58-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro Z.Bozorqulovaning yashash xonadoniga borilib, uning ijtimoiy holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi. Aniqlanishicha, fuqaro ijtimoiy xodim N.Baxriddinova tomonidan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan bo‘lib, yashash uyini ta’mirlash zarurati mavjudligi yuzasidan murojaat qilgan.

Suhbat davomida fuqaroning ehtiyojlari atroflicha o‘rganilib, uy-joy sharoitini yaxshilash bo‘yicha murojaatni amaldagi tartib asosida ko‘rib chiqish hamda vakolatli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yordam ko‘rsatish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Uchrashuv va o‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov hamda bosh mutaxassisi X.Abdullayevlar tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 7