35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
янв.21
“Аёллар дафтари” доирасида амалга оширилаётган ишлар таҳлил қилинди
Deputat tomonidan “Aziz tepa” ko‘chasi hududidan o‘tuvchi Avg‘on arig‘ini tozalash masalasi yuzasidan murojaat o'rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 4-"Oq oltin" saylov okrugi deputati F.Mamajonov tomonidan “Aziz tepa” mahalla fuqarolar yig‘inida belgilangan reja-jadval asosida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan “Aziz tepa” ko‘chasi hududidan o‘tuvchi Avg‘on arig‘ini tozalash masalasi yuzasidan murojaat bildirildi. Ta’kidlanishicha, ariqni o‘z vaqtida tozalash suvning erkin oqimini ta’minlash, hududning sanitariya holatini yaxshilash hamda suv toshishi bilan bog‘liq noqulayliklarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Mazkur murojaat deputat tomonidan nazoratga olinib, Avg‘on arig‘ini tozalash ishlarini tashkil etish yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli choralar ko‘rish va masalani belgilangan tartibda ijobiy hal etish bo‘yicha kelishib olindi.

Uchrashuv va o‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov hamda bosh mutaxassisi A.Adhamovlar tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 6