35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
янв.21
“Аёллар дафтари” доирасида амалга оширилаётган ишлар таҳлил қилинди
Deputat tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 4-"Oq oltin" saylov okrugi deputati F.Mamajonov tomonidan “Aziz tepa” mahalla fuqarolar yig‘inida belgilangan reja-jadval asosida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

Qabul davomida Sariqqamish ko‘chasi 27-uyda yashovchi fuqaro G‘.Botirov tomonidan Sariqqamish, Nurafshon va Mehirjon ko‘chalarini asfaltlashtirish masalasi yuzasidan murojaat bildirildi. Ta’kidlanishicha, mazkur ko‘chalarning asfalt qoplamasini yaxshilash transport harakati qulayligini oshirish, piyodalar xavfsizligini ta’minlash hamda hudud infratuzilmasini yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Mazkur murojaat deputat tomonidan nazoratga olinib, ko‘chalarni asfaltlashtirish masalasini belgilangan tartibda vakolatli tashkilotlar bilan birgalikda ko‘rib chiqish hamda tegishli dasturlarga kiritish imkoniyatlarini o‘rganish yuzasidan zarur choralar ko‘rishga kelishib olindi.

Uchrashuv va o‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov hamda bosh mutaxassisi A.Adhamovlar tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 6