35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
янв.21
“Аёллар дафтари” доирасида амалга оширилаётган ишлар таҳлил қилинди
"Navro‘z" mahallasida deputatlik nazorati: obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi

Tadbirda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 10-“Navro‘z” saylov okrugi deputati X. Xolmuminov, Kengashning Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi B. Raxmatullayev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R. Mamashukurovlar ishtirok etishdi.
Tashrif davomida mahalladagi infratuzilma holati, hududning obodonlashtirilishi, ekologik muhitni yaxshilash va aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tanqidiy-tahliliy ko‘zdan kechirildi.
Deputatlar va mas’ul mutaxassislar obodonlashtirish jarayonlarining sifatiga alohida e’tibor qaratib, mavjud kamchiliklar yuzasidan o‘zlarining tavsiyalarini berdilar. Shuningdek, mahallada ekologik barqarorlikni ta’minlash, yashil maydonlarni kengaytirish va suv resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.
O‘rganish natijalari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli choralarni ko‘rish va belgilangan reja asosida ishlarni jadallashtirish yuzasidan mas’ullarga vazifalar yuklatildi.
Ushbu tadbirlar hududlarda amalga oshirilayotgan islohotlar ijrosini nazorat qilish hamda mahallalar qiyofasini yanada ko‘rkamlashtirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Slide 1 of 2