35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining navbatdagi 28-sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan tuman Kengashi deputatlari A.Ibadullayev, K.Karimova, O.Jumanazarov, X.Shayimova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Sh.Suvankulovlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida"gi Qonunining 19¹-moddasi talablariga muvofiq Boyovut tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati o‘rganildi.

Xususan, "Ijtimoiy himoya tizimida amalga oshirilgan ishlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF–71-son Farmoni ijrosi to‘g‘risida"gi masalani atroflicha ko‘rib chiqish maqsadida Ijtimoiy himoya milliy agentligining Boyovut tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida markaz tomonidan aholining ehtiyojmand qatlamlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash hamda PF–71-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullar axboroti tinglandi.

Shuningdek, markaz faoliyatining samaradorligi, ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifati, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish natijalari asosida aniqlangan holatlar, mavjud muammo va kamchiliklar hamda ularni bartaraf etishga qaratilgan takliflar umumlashtirilib, Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida muhokama etish uchun kiritilishi belgilandi.

Slide 1 of 7