35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
Olmazor tumanida xavfsiz muhitni yaratish bo‘yicha 6 oylik ijro natijalari deputatlar muhokamasida

Olmazor tumanida xavfsiz muhitni yaratish bo‘yicha 6 oylik ijro natijalari deputatlar muhokamasida

🇺🇿 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–1-son qarorining Olmazor tumanida 2026-yilning
6 oyi davomida amalga oshirilgan ijrosi yuzasidan hisobot eshitildi. Mazkur masala bo‘yicha Olmazor tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Xasanov Ibrohim Islamovich deputatlarga hisobot taqdim etdi.

🔹Hisobotda mahallalarda xavfsiz muhitni ta'minlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktika tadbirlarini kuchaytirish, “xavfsiz mahalla” tamoyili asosida amalga oshirilgan ishlar hamda mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilayotgan choralar atroflicha tahlil qilindi.

🔹Sessiya davomida deputatlar tomonidan hisobot yuzasidan savol va takliflar bildirilib, Prezident qarori ijrosini yanada samarali tashkil etish, idoralararo hamkorlikni kuchaytirish hamda mahallalarda xavfsiz va barqaror muhitni ta'minlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

🔹Mazkur masala O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni, “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonuni, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Prezidentning 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1-son qarori ijrosi doirasida deputatlik nazoratida ko‘rib chiqildi.

⚡️ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slide 1 of 5