35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
Yunusoboddagi mahalla kutubxonasi faoliyatini rivojlantirish masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi

#deputat_soʻrovi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Yunusoboddagi mahalla kutubxonasi faoliyatini rivojlantirish masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Nigora Eshmetova tomonidan Yunusobod tumani hokimi A.Saidaliyev nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

📩 Deputatlik so‘rovi Yunusobod tumani “Otchopar-1” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi N.M. Baymetov tomonidan yo‘llangan murojaat asosida tayyorlangan.

📖 Murojaatda mahallada 11 001 nafar aholi, shundan 2 450 nafari yoshlar ekani, mahalla faollari va aholi ko‘magida mahalla binosida kutubxona tashkil etilgani qayd etilgan. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qaror va farmonlari ijrosini ta’minlash, yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish hamda kutubxona faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida mahalla idorasida kutubxonachi shtatini ochishda amaliy yordam ko‘rsatish so‘ralgan.

🔎 Shu munosabat bilan deputat Nigora Eshmetova tomonidan “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5 va 8-moddalari asosida Yunusobod tumani hokimi A.Saidaliyevdan “Otchopar-1” mahalla fuqarolar yig‘ini binosida kutubxona shtatini ochish imkoniyatini tegishli mutaxassislar ishtirokida o‘rganish, yoshlarni kitobxonlikka keng jalb etish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish hamda o‘rganish natijalari yuzasidan 10 kun muddatda asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish so‘raldi.

💡 Deputatlik so‘rovi mahallada kitobxonlikni rivojlantirish, yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy salohiyatini yuksaltirish va kutubxona faoliyatini institutsional jihatdan mustahkamlashga qaratilgan bo‘lib, mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olingan.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1