35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
#munosabat

O‘zbekistonda zamonaviy pulli avtomobil yo‘llarini barpo etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar mamlakat transport infratuzilmasini yangi bosqichga olib chiqadi. Xususan, Xiva–Urganch pulli yo‘lining yaqin kunlarda foydalanishga topshirilishi, Toshkent–Andijon magistrali hamda Toshkent–Chorvoq yo‘nalishidagi loyihalarning izchil davom ettirilayotgani ushbu sohada olib borilayotgan islohotlarning amaliy natijasidir.
🔹Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati sifatida mazkur tashabbuslarni to‘liq qo‘llab-quvvatlayman. Zamonaviy avtomobil yo‘llari nafaqat qatnov vaqtini qisqartiradi, balki transport xavfsizligini oshirish, logistika xarajatlarini kamaytirish, ichki va tashqi turizmni rivojlantirish hamda tadbirkorlik faoliyatini kengaytirishga xizmat qiladi.
🔹Ayniqsa, davlat-xususiy sheriklik asosida bunyod etilayotgan bunday loyihalar davlat budjetiga ortiqcha yuk tushirmasdan, zamonaviy infratuzilmani yaratish imkonini beradi. Bu esa iqtisodiyotning barqaror o‘sishi va hududlar investitsiyaviy jozibadorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
🔹Ishonamanki, transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar mamlakatimizning har bir hududida aholi farovonligini oshirish va iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirishga munosib hissa qo‘shadi.