35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
DEPUTATLIK SO‘ROVI IJROSI NAZORATGA OLINDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Saidova Shukrona To‘xtayevna tomonidan fuqarolarning ijtimoiy muammolarini hal etish yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi.

Unga ko‘ra, “Nafosat” mahallasi 8-mavze, 23-uy, 18-xonadonda istiqomat qiluvchi Xusnulina Rimma Sobitovna oilasining uy-joyini ta’mirlash masalasi bo‘yicha murojaati belgilangan tartibda ko‘rib chiqilgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining amaldagi qarorlari asosida zarur hujjatlar rasmiylashtirilib, axborot tizimiga kiritilgan hamda mahalla yettiligi tomonidan ijobiy xulosa berilgan.

Shuningdek, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan uy-joyni ta’mirlash uchun 20 million 600 ming so‘m miqdorida mablag‘ ajratish bo‘yicha kollegial qaror qabul qilinib, tegishli tartibda tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga yuborilgani ma’lum qilindi.

Slide 1 of 3