35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
Deputat tashabbusi bilan Namgoni qishlog‘idagi ichki yo‘l tartibga keltirildi

️Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 9-Obod saylov okrugidan saylangan deputat B. Yusupov tashabbusi bilan Namgoni qishlog‘ida aholi uchun muhim bo‘lgan ichki yo‘lni tartibga keltirish ishlari amalga oshirildi.
➡️Mazkur tashabbus fuqarolarning murojaatlari hamda hududni o‘rganish jarayonida aniqlangan muammolar asosida yo‘lga qo‘yildi. Amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlari natijasida yo‘l tekislanib, transport vositalari va piyodalarning xavfsiz hamda qulay harakatlanishi uchun zarur sharoit yaratildi.
➡️Deputat B. Yusupovning ta’kidlashicha, saylovchilarni qiynab kelayotgan dolzarb masalalarni joyida o‘rganish va ularni bosqichma-bosqich hal etish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu bois hududlarda mavjud infratuzilma muammolarini bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik davom ettirilmoqda.
➡️Mahalla aholisi amalga oshirilgan ishlardan mamnunligini bildirib, ichki yo‘lning tartibga keltirilgani kundalik qatnovni yengillashtirish bilan birga, hudud obodligi va yashash sharoitining yanada yaxshilanishiga xizmat qilishini ta’kidladi.
➡️Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputatlari tomonidan saylovchilar manfaatlarini ta’minlash, hududlarni obodonlashtirish va mavjud muammolarni amaliy hal etishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 2