35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

“Mahalla taraqqiyoti va obodonligi yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi”

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 9-G‘o‘rin-Hakimobod saylov okrugi deputati Y. Shoymanov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Xo‘janazarov tomonidan “Hakimobod” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

🤝 Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va mulohazalari tinglanib, mavjud masalalarni hal etish yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi. Aholi tomonidan bildirilgan takliflar deputatlik nazoratiga olindi.

🌱 Shuningdek, uchrashuv davomida 2026-yil — “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” Davlat dasturi doirasida belgilangan vazifalar, mahallada obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlarning mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.

🇺🇿 Muloqot jarayonida yurtimiz mustaqilligining 35 yilligini “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g‘oyasi ostida munosib kutib olish maqsadida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarida har bir fuqaroning faol ishtiroki, tashabbuskorligi va daxldorlik hissi muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

✅ Obod va farovon mahalla — aholi birdamligi, hamjihatligi hamda faol fuqarolik pozitsiyasining amaliy ifodasidir. Bu yo‘nalishdagi targ‘ibot-tushuntirish ishlari va amaliy chora-tadbirlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 4