35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
“Gulira’no” mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati O‘RQ-415-sonli Qonun asosida tahlil qilindi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ashurov, 14-“Bog‘zor” saylov okrugi deputati O.Sharofutdinova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Temirovlar mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyatini nazorat-tahlil qildilar.
Mazkur tahlil O‘zbekiston Respublikasining “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi O‘RQ-415-sonli Qonuni talablari asosida amalga oshirildi.
O‘rganish davomida quyidagi masalalarga e’tibor qaratildi:
• yolg‘iz keksalar va parvarishga muhtoj fuqarolar bilan ishlash;
• nogironligi bo‘lgan shaxslarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning sifati;
• ehtiyojmand oilalarni aniqlash va ularga manzilli ko‘mak ko‘rsatish;
• ijtimoiy xizmatlarning o‘z vaqtida va adolatli yetkazilishi;
• fuqarolar murojaatlari bilan ishlash hamda ijtimoiy reyestrlarni yuritish holati.
O‘rganish yakunida ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirish, ehtiyojmand fuqarolar bilan manzilli ishlashni kuchaytirish hamda aniqlangan masalalarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.