35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi

Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi

Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati, 14-Ziyokor saylov okrugi deputati Xudayqulova Nargiza Gaybullayevna tashabbusi bilan Bahor mahallasida obodonlashtirish ishlari tashkil etildi.

Tadbirda mahalla faollari va aholi vakillari faol ishtirok etib, hududni obodonlashtirish, ko‘chalar hamda jamoat joylarini tartibga keltirish, yashil hududlarni parvarishlash va atrof-muhit tozaligini ta’minlash bo‘yicha amaliy ishlar bajarildi.

Obodonlashtirish tadbiri davomida aholi va deputatning hamkorligi, fuqarolarning o‘z yashash hududiga daxldorlik hissini yanada mustahkamlash, mahallalarda obodonlashtirish madaniyatini yuksaltirish hamda Mustaqillik bayramini munosib kutib olishga qaratilgan tashabbuslarning ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Mazkur tadbir hududni yanada obod va ko‘rkam qilish, aholi farovonligini oshirish hamda jamiyatda hamjihatlik va birdamlik muhitini mustahkamlashga xizmat qildi.

Slide 1 of 3