35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
XALQ DEPUTATLARI NAVOIY VILOYAT VA SHAHAR KENGASHI DEPUTATLARI BILAN AHOLI UCHRASHUVI

XALQ DEPUTATLARI NAVOIY VILOYAT VA SHAHAR KENGASHI DEPUTATLARI BILAN AHOLI UCHRASHUVI

Navoiy viloyatida xalq deputatlari Navoiy viloyati va Navoiy shahar Kengashi deputatlarining aholi bilan navbatdagi ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Mazkur uchrashuvda xalq deputatlari Navoiy viloyati va Navoiy shahar Kengashi deputatlari, shahar Kengashi kotibiyati mudiri J. Hafizov, kotibiyat mutaxassislari hamda viloyat Kengashi kotibiyati xodimlari ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar, taklif va mulohazalar tinglanib, ularni qonunchilik doirasida hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Shuningdek, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholini qiynayotgan dolzarb muammolarni bartaraf etish hamda deputatlik nazoratini yanada kuchaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Tadbirda deputatlar tomonidan saylovchilar bilan muntazam muloqot olib borish, fuqarolarning murojaatlariga o‘z vaqtida va sifatli yechim topish, hududlarda mavjud muammolarni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish ustuvor vazifa ekani alohida ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida bildirilgan barcha murojaatlar tegishli tartibda nazoratga olinib, ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 5