35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
Deputat so'rovi
 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich deputatlik so‘rovi yoʻlladi

📌 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati Matniyazov Akbar Qadirovich tumanimizda fuqarolarning turmush sharoitlarini yaxshilash, mahallani obodonlashtirish, Infratuzilmani yaxshilash masalalarini yanada takomillashtirish maqsadida Taxiatosh tumani hokimi o‘rinbosari F.Bekjanovga deputatlik so‘rovi yo‘lladi.

⚡️Taxiatosh tumani hokimi o‘rinbosari F.Bekjanovga yo‘llangan deputatlik so‘rovida deputat:
🟢 Taxiatosh tumani “Yangi makon” ovul fuqarolar yig‘inidagi “Ketmonchi bobo” qabiristoni yonidagi “Keneges” kanali ustidan o‘tuvchi ko‘pir avariya holatida turganligi, ushbu ko‘pirni qayta qurish yoki ta’mirlash ishlarida amaliy yordam berishni hamda masala bo‘yicha asoslantirilgan tushuntirish berish yoki o‘z nuqtai nazarini bayon qilishini so‘radi.

📥 Deputat Matniyazov Akbar Qadirovich mazkur so‘rov orqali mahalla aholisi uchun qulay yashash muhitini yaratish, mahallalarda mavjud muammolarga e’tibor qaratish va ularni hal etish jarayonlarini tezlashtirishni maqsad qilgan.

✍️ Ma’lumot uchun: “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5- va 8-moddalariga binoan deputatlik so‘roviga javob 10 kun ichida taqdim etilishi lozim. Deputat so‘rovini o‘z vaqtida ko‘rib chiqmaslik yoki noto‘g‘ri ma’lumot berish Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 193-moddasiga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Slide 1 of 1