35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
Deputat tashabbusi bilan “Luqmon” mahallasida elektr energiyasi muammosi bartaraf etildi

️Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 1-Tinchlik saylov okrugidan saylangan deputat I. Xolov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi R. Murodov hamkorligida “Luqmon” mahallasida aholini uzoq vaqtdan buyon qiynab kelayotgan elektr energiyasi bilan bog‘liq muammo joyiga chiqib o‘rganildi.
⚡️O‘rganishlar davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqildi. Deputat tashabbusi va amaliy sa’y-harakatlari natijasida elektr ta’minotidagi mavjud muammo qisqa muddatda bartaraf etilib, mahalla aholisining uzluksiz va sifatli elektr energiyasidan foydalanishi uchun zarur choralar ko‘rildi.
⚡️Mahalla fuqarolari muammoning ijobiy hal etilganidan mamnun ekanliklarini bildirib, ko‘rsatilgan amaliy yordam uchun deputat hamda mutasaddi tashkilotlar vakillariga o‘z minnatdorliklarini izhor etdilar.
⚡️Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputatlari tomonidan saylovchilar murojaatlarini o‘rganish, hududlardagi dolzarb muammolarni aniqlash va ularni amaliy hal etishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 5