35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
Deputat Fidoyilar mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

 Muloqot davomida mahallada mavjud dolzarb muammolar atroflicha muhokama qilindi. Xususan, ayrim ko‘chalarda eskirgan hamda tartibga keltirilishi lozim bo‘lgan elektr simlari va tarmoqlarini yangilash zarurligi, ushbu masala aholini uzoq vaqtdan buyon tashvishga solayotgani ta’kidlandi.

Shuningdek, fuqarolar tomonidan bolalarga tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma (metrika) rasmiylashtirish jarayonida uchrayotgan ayrim muammolar ham ko‘tarilib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Uchrashuv davomida ko‘tarilgan masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan bog‘lanilib, ularni hal etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rish so‘raldi. Zarurat tug‘ilganda mazkur masalalar yuzasidan tegishli idoralarga deputatlik so‘rovi yuborilishi va ularning ijrosi deputatlik nazoratiga olinishi ma’lum qilindi.

Yakunda fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar umumlashtirilib, ularni bosqichma-bosqich ijobiy hal etish yuzasidan tegishli ishlar olib borilishi belgilandi.

️ Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi

Slide 1 of 2