35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
#huquqiy_axborot_soati #doimiy_komissiya_faoliyati Doimiy komissiyalar – Kengashning asosiy ishchi organi

Doimiy komissiyalarning asosiy vazifalari Kengash sessiyalarida ko‘rib chiqiladigan masalalarni puxta tayyorlash, tegishli sohalarda o‘rganishlar o‘tkazish, davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini tahlil qilish, hisobotlarni eshitish hamda aniqlangan muammolar yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

Shuningdek, doimiy komissiyalar hududlarda amalga oshirilayotgan islohotlar, davlat dasturlari va investitsiya loyihalarining ijrosini joyiga chiqib o‘rganadi, fuqarolar murojaatlarini tahlil qiladi hamda ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan deputatlik nazoratini olib boradi.

Komissiyalar tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlari natijalari Kengash sessiyalarida muhokama qilinib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, mas’ul tashkilotlar faoliyati samaradorligini oshirish hamda hududlarni kompleks rivojlantirish yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinadi.

Kuchli va faol doimiy komissiyalar — bu samarali deputatlik nazorati, qonunlar ijrosini ta’minlash va xalq manfaatlarini himoya qilishning muhim omilidir.