35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
"Saxovat" mahallasida infratuzilma muammolari deputat nazoratiga olindi!

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov, Kengashning 12-“Saxovat” saylov okrugi deputati X.Jurayev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar “Saxovat” mahallasida bo‘lib, hududdagi dolzarb muammolarni o‘rganish maqsadida nazorat-tahlil tadbirini o‘tkazdilar.
Deputatlar mahalla hududini ko‘zdan kechirish jarayonida aholining kundalik turmushiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratdilar:
Hudud obodligi: Mahalla ko‘chalarining tozaligi va sanitariya holati tahlil qilindi;
Ichki yo‘llar: Ta;mirtalab ichki yo‘llarning holati va ularni tartibga keltirish imkoniyatlari o‘rganildi;
Elektr tarmog‘i xavfsizligi: Eskirgan elektr simyog‘ochlarining holati ko‘zdan kechirildi. Ushbu muammo aholi xavfsizligi va energiya ta’minoti barqarorligi uchun o‘ta muhim ekanligi qayd etildi.
O‘rganish davomida aniqlangan barcha kamchiliklar va aholini qiynayotgan masalalar deputat X.Jurayevning shaxsiy murojaat daftariga qayd etildi.
Mavjud muammolarni qisqa fursatda bartaraf etish, xususan, yo‘llarni ta’mirlash va xavfli elektr simyog‘ochlarini yangilash yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga rasmiy deputatlik so‘rovlari yuborilishi belgilanib olindi.
"Bizning maqsadimiz — aholini qiynayotgan muammolarni nafaqat eshitish, balki ularni joyiga chiqqan holda o‘rganib, ijro hokimiyati oldiga qat'iy talablar qo‘yishdir. 'Saxovat' mahallasidagi har bir ko‘cha va har bir chiroq nazoratimizda bo'ladi," — deya ta'kidlashdi xalq vakillari.

Slide 1 of 2