35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
“Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati targ‘ib qilindi

Xalq deputatlari Angor tuman Kengashi 21-Chinobod saylov okrugigi Mamatova Gulorom hududida mahalla fuqarolar fuqarolar yig‘inida O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida” gi Qonunining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi. Targ'ibot tadbirda xalq deputatlari Angor tumani Kengashi bosh mutaxassisi Xurramov Laziz hamda partiya guruhi ishtirok etdi

Tadbir davomida fuqarolarga mazkur Qonunning asosiy maqsadi shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash, ulardan foydalanish va himoya qilish sohasidagi huquqiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgani haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, shaxsga doir ma’lumotlarning daxlsizligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, axborot xavfsizligini mustahkamlash hamda shaxsiy ma’lumotlardan qonuniy va mas’uliyatli foydalanish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Uchrashuv yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berilib, qonunchilik talablariga rioya etish muhimligi alohida ta’kidlandi.

Slide 1 of 4