35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
Obodonlashtirish va huquqiy targ‘ibot ishlari davom etmoqda

Obodonlashtirish va huquqiy targ‘ibot ishlari davom etmoqda.

Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi deputati M. Karimova o‘z saylov okrugida bo‘lib, aholi xonadonlarida obodonlashtirish va sanitariya holati bilan yaqindan tanishdi.

Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan deputat tomonidan saylovchilar o‘rtasida obodonlashtirish, ozodalikka rioya qilish, ko‘cha va xonadonlar atrofini namunali saqlash bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi. Fuqarolar mahallalarni yanada obod va fayzli maskanga aylantirishga faol hissa qo‘shishga chaqirildi.

Shuningdek, uchrashuvlar davomida “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (yangi tahrir, O‘RQ-399, 2016-yil 4-yanvar)ning mazmun-mohiyati jamoatchilikka tushuntirildi. Qonunning dori vositalaridan oqilona foydalanish, ularning sifati va xavfsizligini ta’minlash hamda farmatsevtika faoliyatini tartibga solishga qaratilgan asosiy normalari yuzasidan fuqarolarga batafsil ma’lumot berildi.

Slide 1 of 3